• Bir yilda 3 ta OTMga hujjat topshirish shartlariga aniqlik kiritildi!

    • 20 Март 2019 17:28

    Shu kunlarda oliy ta’lim tizimida yuz berishi kutilayotgan yangilik va o‘zgarishlar jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lyapti. Sohadagi yangiliklar mohiyatiga oydinlik kiritish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Odil Abdurahmanov quyidagilarni so‘zlab berdi. 

    — Avvalo, abituriyentlarga doimiy yashash joyi hududida hujjat topshi­rishi va test sinovida ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratilayotganini ta’kidlash lozim, — deydi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Odil Abdurahmonov. 

    — Endi yoshlar  poytaxt­dagi OTMga hujjat topshirish uchun uzoq yo‘l bosib kelishi shart emas. Abituriyent o‘zi yashayotgan shahardagi davlat xiz­mat­lari markazlari orqali yurtimizdagi istalgan OTMga hujjat topshirishi mumkin. Test sinovi ham shunday tashkil etiladi.